Boks/MMA

Yarim og’ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons kecha ushbu promoushenning shon-shuhrat zaliga kiritilgandi.

136

U bilan birga yana bir UFC afsonasi Jorj Sen-Per ham shon-shuhrat zaliga qabul qilingan edi. Ushbu marosimdan bir necha soat o’tib, Jons Las-Vegas policiyasi tomonidan hibsga olindi. Unga zo’ravonlik hamda transport vositasiga shikast etkazish ayblovlari qo’yildi. 

Ayni paytda Jons policiya mahkamasida qolmoqda. Agar u jami 8000 dollar kafolat puli to’lasa, bir sutkada sudda hozir bo’lish sharti bilan mahkamadan qo’yib yuboriladi. Summaning 5000 dollari avtotransport vositasiga zarar etkazgani uchun, qolgan 3000 dollari zo’ravonlik uchun undirib olinadi. 

Eslatib o’tamiz, Jons so’nggi bor o’tgan yilning mart oyida avtoulovni mast holatda boshqargani hamda o’q otar qurolni noqonuniy tarzda olib yurgani uchun hibsga olingan edi. O’shanda u 96 soatlik uy qamog’i, 90 kunlik ambulator terapiya hamda 48 soatlik umumiy jamoat ishlarida ishlab berish jazosini olgandi. 

Bundan tashqari, Jon Jons 2015 yilda mashinada yo’l transport xodisasini sodir etib, voqea joyidan qochib ketgandi. Sud bu qilmishi uchun uni shartli ravishda 18 oylik qamoq jazosiga mahkum etgandi. UFC tashkiloti esa uni yarim og’ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridlan mahrum qilgandi.

Fikr bildirish