«O‘yindan keyin maydonda futbolchilar bilan nima haqida gaplashgan bo‘lsam, ular oramizda qoladi. Men ular bilan shu yerda va hozir gaplashmoqchi edim, lekin men bu suhbatni xuddi yechinish xonasida bo‘lganidek qabul qilishlarini istayman.
Birinchidan, men ko‘p ijobiy narsalarni ta’kidlamoqchiman. Italiya futboli hujumkor futbol sifatini va jamoalarning g‘alabaga intilishini jiddiy ravishda yaxshilab oldi. Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, lekin afsuski, hakamlar va VAR uning saviyasiga to‘g‘ri kelmadi.
“Lasio”ning ikkinchi golidan oldin hisob 0:2 emas, 1:1 bo‘lishi mumkin edi, lekin o‘sha epizodda VAR bosh hakami ham, yordamchisi ham xato qilishdi. Bu haddan tashqari o‘yinni o‘ldirish. Lukas Leyvaning ikkinchi sariq kartochkasi ham o‘yinga ta’sir qilishi mumkin. Bu hafta ikkita o‘xshash epizod bo‘ldi – ulardan biri uchun Pelegrini qizil kartochka oldi.
Men futbolchilarimni qo‘llab -quvvatlayman, “Roma” bugun maydonda eng yaxshi jamoa edi. Agar siz uchta gol o‘tkazib yuborsangiz, bu xato qilganingizni anglatadi. Ammo ikkinchi va uchinchi gol “Lasio” qarshi hujumlarda urildi. Ikkinchi golda esa biz penalti olish huquqiga ega bo‘lamiz deb umid qilgandik», – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.