Ushbu yig’inga "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov ham chaqiruv olgan. Biroq futbolchi Toshkentga uchib kelmaydi va Italiyadan Istanbul orqali Iordaniyaga uchib boradi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston terma jamoasi 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabr kuni Iordaniya bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi.
Oldinroq oktyabr oyidagi yig’inga "Paxtakor"dan besh futbolchi, "Lokomotiv"dan bir futbolchi chaqirilgani haqida xabar bergandik.