Rufat Asadovich Risqiev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g’alaba qozongan ilk o’zbek bokschisi bo’lib tarixda qoldi. SHuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya o’yinlari finalchisi ham ekani yaxshi malum. 2019 yildan etiboran boks bo’yicha O’zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiev sovrinini topshirish joriy etildi.
Rufat Asadovich o’zbek boksiga tamal toshini qo’ygan insonlardan biri hisoblanadi. Bokschilarimizning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqievning ko’p yillik mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan bo’lib, o’tgan yil yili Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan “Do’stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kollekciyasini yana bittaga boyitdi.
Fursatdan foydalanib, Rufat Risqievni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.