Etiborlisi, har uchchala o’yinda mezbonlar uchun omadsiz anana davom etadigan bo’ldi.
Muborak ahli derbidagi g’alabani sog’inib qoldi
"Mashal" va "Nasaf" o’rtasidagi bahs taqdirini SHerzod Nasrullaev hal qilganini bilasiz. 23 yoshli fulbek bu harakati orqali uni terma jamoa yig’iniga chaqirmagan Srechko Katanec manziliga "salom" yo’llagan bo’lsa, ajab emas.
Xullas, "Nasaf"ning mavsumdagi 11-g’alabasi "Mashal"ning 11-mag’lubiyatiga aylanib ketdi. SHuningdek, Muborak klubining Qashqadaryo derbilaridagi muvaffaqiyatsiz odimi yana bittaga ko’paydi. "Mashal" futbolchilari "Nasaf" usidan so’nggi g’alabasini 2016 yilning 1 iyulida qo’lga kiritishgan edi ("gazchilar"ga SHahzod SHaymanov goli 3 ochko keltirgan). SHundan keyin o’tkazilgan 7 o’yin 6 tasida "ajdarlar"ning "qanotlari" baland kelgan bo’lsa, 1 ta bahs durang bilan tugagan.
23.11.2016 "Nasaf" 2:0 "Mashal"
18.05.2017 "Nasaf" 1:0 "Mashal"
26.10.2017 "Mashal" 1:2 "Nasaf"
21.06.2020 "Mashal" 0:0 "Nasaf"
02.10.2020 "Nasaf" 4:1 "Mashal"
09.07.2021 "Nasaf" 1:0 "Mashal"
02.10.2021 "Mashal" 0:1 "Nasaf"
5 yil
"Andijon" xuddi shuncha vaqtdan beri "So’g’diyona"ni taslim qilish yo’lini topa bilmayapti.
"Burgutlar"ning Jizzax klubi ustidan erishilgan oxirgi g’alabasi 2016 yilning 23 apreliga to’g’ri keladi (3:0). O’shanda Nemanya Yovanovichning dubli va Anvar Berdiev tomonidan urilgan gol vodiyliklarga 3 ochko keltirgan. SHundan keyin o’tkazilgan 7 o’yining 3 tasida "So’g’diyona" zafar quchdi, 4 o’yinda do’stlik.
5 o’yin
"Bunyodkor" O’zbekiston chempionatida qatorasiga shuncha o’yindan beri Mirjalol Qosimov jamoasini mag’lub qila bilmayapti.
"Qaldirg’ochlar" AGMKni oxirgi bor 2019 yilning 20 aprelida engishgan (Lutfulla To’raevning jarima zarbasidan urgan goli evaziga). SHundan keyin o’tkazilgan 5 o’yinning 4 tasida olmaliqliklar g’alaba qozondi, kechagi o’yinda esa kuchlar teng keldi.