Futbol

Klopp: «Bu — mast holda mashina haydash bilan barobar»

137

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusga qarshi ommaviy emlashni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Nemis mutaxassisi odamlarning vaksinasiyaga ishonchsizligidan xavotirda.

«Biz futbolchilarning katta qismini emladik. Men ularning hech birini ishontirishim yoki nima uchun bunday qilish kerakligini tushuntirishim shart emas.

Menimcha, emlashdan bosh tortish mast holda mashinani haydash bilan barobardir. Qonunlar meni emas, hamma odamlarni himoya qilish uchun yaratilgan.

Spirtli ichimliklar yomon, lekin biz uni ichishda davom etamiz. Shu bilan birga, biz vaksina tanaga zarar yetkazishi mumkinligiga ishonyapmiz, biroq mutaxassislar buning aksini aytishmoqda. Yolg‘onlarga o‘zimizni ishontirishni to‘xtatishimiz kerak»,- deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Goal.

Fikr bildirish