Todofichajes nashrining xabar berishicha, Milanning «Inter» klubi hujumchisi Aleksis Sanches sobiq jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Manbaga ko‘ra, chililik «Barselona»ga qaytishi mumkin.
Kataloniyaliklar Sanchesni ijaraga olishlari mumkin. Futbolchining o‘zi taklifga qiziqish bildirgan, chunki u o‘zini «neradzurri» lagerida o‘zini baxtli his qilmayapti.
Aleksis va Italiya klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 7,5 million evroga baholamoqda.