Futbol

Mbappe: «Men Neymarni ahmoq deb atadim»

124

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Neymar bilan ziddiyatga kelganini tan oldi.

«Ha, men Neymarni ahmoq deb atadim. Bu futbolda har doim sodir bo‘ladi, lekin biz bunga ahamiyat bermaymiz. Keyin ikkimiz bu haqda gaplashdik. Bizda oldin ham shunga o‘xshash og‘zaki to‘qnashuvlar bo‘lgan va ehtimol ular kelajakda ham takrorlanadi, lekin bunga e’tibor berishga arzimaydi. Men Neymarni futbolchi va inson sifatida hurmat qilaman, unga qoyil qolaman. Ba’zida u mendan norozi bo‘ladi va bu hammasi normal holat. Bunda hech qanday muammo yo‘q», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi RMC nashri.

Avvalroq, Mbappe «Monpelye» bilan o‘yinda Neymarning harakatlaridan norozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Fransiyalik forvard 88-daqiqada almashtirildi. U skameykaga o‘tirdi va yarimhimoyachi Idris Guyega braziliyalik hujumkor sherigi haqida shikoyat qildi.

Fikr bildirish