Futbol

Superligada mavsum ayni qizg’in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo’ygan maqsadi yo’lida kurashni keskin olib boryapti.

150



Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

Mavsumning murakkab pallasi yoxud Superligadan kim tushib ketadi?

Teglar : 
MashalMetalllurg AndijonCoca Cola Superliga-2021SurxonTuron
Superligada mavsum ayni qizg’in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo’ygan maqsadi yo’lida kurashni keskin olib boryapti.

Turnir jadvalining yuqori qismida chempion nomi deyarli hal bo’lib ulgudi. "Paxtakor" joriy yilda ham "billur" kubokni o’ziniki qildi. Ikkinchi va uchinchi o’rin egalari masalasi esa hamon ochiq. Bu yoqda jon saqlash yo’lida intriga o’zining yuqori pallasiga kirib ulgurdi. Demak bugun xavfli hududa joylashgan 5 jamoaning imkoniyatlariga nazar solamiz. 

Reglamentga ko’ra Pro ligaga to’g’ridan to’g’ri ikki klub yo’l oladi. 21-turdan so’ng bu o’rindan "Turon" va "Surxon" jamoalari joy oldi. Keling shu ikki klubning keyingi 5ta turdagi raqiblari va o’yinlarini ko’rib chiqamiz. 

"Turon"

Ayni paytda 2ta g’alaba, 6ta durang 13ta mag’lubiyat 12 ochko bilan so’nggi o’rinni band qilib turgan yaypanliklarning taqvimi quyidagicha.

22-tur. "Surxon" (uyda), 17 ochko, 13-o’rin 

23-tur. "Bunyodkor" (safarda), 33 ochko, 5-o’rin

24-tur. "Mashal" (safarda) 18 ochko, 11- o’rin

25-tur. "Metallurg" (safarda) 19 ochko, 10-o’rin

26-tur. "Andijon" (uyda) 17 ochko, 12-o’rin

Ko’rinib turibdiki jamoani oldinda asosiy 3ta raqobatchisi bilan o’yinlar kutib turibdi. 5ta o’yindan 3tasini safarda, 2tasini o’z maydonida o’tkazadi. Mana shu uchrashuvlarda muhim ochkolarni jamg’arish imkoniyati bor. Lekin raqiblar ham qarab turmasligi tabiiy. 

Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

"Surxon"

Keyingi xavfli zonada turgan jamoa Termizning "Surxon" klubi. 2019 yil Superligaga katta maqsadlar bilan chiqib qolgan termizliklar uchun so’nggi ikki mavsum juda qiyin o’tyapti, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayni paytda Superligada 5ta g’alaba, 2ta durang, 13ta mag’lubiyat bilan 13-o’rinda ketmoqda. 

19-tur. "Nasaf" (uyda) 36 ochko, 4-o’rin

22-tur. "Turon" (safarda) 12 ochko, 14-o’rin

23-tur. "Qizilqum" (uyda) 31 ochko, 7-o’rinda

24-tur. "Paxtakor" (safarda) 51 ochko, 1-o’rin

25-tur. "Bunyodkor" (safarda) 33 ochko, 5-o’rin

26-tur. "Mashal" (uyda) 18 ochko, 11-o’rin 

Bahrom Haydarov shogirdlarini ikkita asosiy raqiblari bilan to’qnash keladi. Qolgan to’rtta bellashuvda esa sovrinli o’rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning imtixonidan o’tishiga to’g’ri keladi. "Turon"dan farqli ravishda "Surxon"ning taqvimi nisbatan og’irroq. Yaypanliklar bilan o’yin esa ko’p narsaga oydinlik kiritib beradi.

Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

 "Andijon"

Ushbu jamoa 2019 yil Superligaga qaytganidan beri Superligada qolish uchun harakat qilmoqda. Bu yil ham bundan mustasno bo’lmayapti. "Andijon" so’nggi turlarga kelib "otni qamchilashni" boshladi. "Paxtakor"ni mag’lub etdi, safarda "Qo’qon-1912" va "So’g’diyona" bilan durang qayd etdi. "Burgutlar" uchun mavsumning so’nggi qismi juda qiyin bo’lishini taxmin qilish qiyin emas. "Andijon" 21-turdan so’ng 17 ochko bilan 12-o’rinda ketmoqda.

22-tur. "Lokomotiv" (safar) 32 ochko, 6-o’rin

23-tur. "Nasaf" (uyda) 36 ochko, 4-o’rin

24-tur. AGMK (safarda) 37 ochko, 3-o’rin

25-tur. "Navbahor" (uyda) 29 ochko, 8-o’rin

26-tur. "Turon" (safarda) 12 ochko, 14-o’rin

Hammasi kundek ravshan. "Andijon" 5ta o’yindan 4tasida kuchli klublar bilan kuch sinashadi. Vaziyat "Surxon"nikidan ham yomonroq. Superligada qolish yo’lida bitta "Turon" bilan o’ynaydi. Katta ehtimol so’nggi turdagi ushbu qarama-qarshilik final maqomini oladi. 

Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

"Mashal"

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Mashal" hali kuchlilar safida qolish masalasini uzil-kesil hal qilishganicha yo’q. Quyi uchlikdagi jamoalardan ularni bir ochkogina ajratib turibdi, xolos. Muborakliklar Superligada 18 ochko bilan 11- o’rinni band qilib turibdi.

22-tur. AGMK (safarda) 37 ochko, 3-o’rin

23-tur. "Navbahor" (uyda) 29 ochko, 8-o’rin

24-tur. "Turon" (uyda) 12 ochko, 14-o’rin

25-tur. "Qizilqum" (uyda) 31 ochko, 7-o’rin

26-tur. "Surxon" (safarda) 17 ochko, 13-o’rin

Yuqoridagi jamoalarga qaraganda "Mashal"ga 5ta turda o’ynasa bo’ladigan raqiblar ro’baro’ keladi. Ulardan ikkitasi turnir jadvalidagi raqobatchilaridir. Hammasi ularning o’z qo’lida.

Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

"Metallurg"

Odatda jadvalning o’rtasida yuradigan "Metallurg"ning bu yilgi ishlari chindan ham chapasiga ketmoqda. Garchi klub ichki strukturada to’g’ri yo’ldan ketayotgan, akademiyasiga etiborni oshirayotgan bo’lsada, bu bosh jamoada o’z aksini topayotgani yo’q. Bekobodliklar ikkinchi davrani nihoyatda bo’sh o’tkazmoqda. Bitta bahsda, "Andijon" bilan safardagi g’alabani hisobga olmaganda qolgan o’yinlarning barchasida raqiblariga uch ochko ulashdi. Jamoani havfli hududdan 2 ochko ajratib turibdi. Demak vaziyat qaltis. 

22-tur. "Nasaf" (safarda) 36 ochko, 4-o’rin

23-tur. AGMK (uyda)  37 ochko, 3-o’rin

24-tur. "Navbahor" (safarda) 29 ochko, 8-o’rin

25-tur. "Turon" (uyda) 12 ochko, 14-o’rin

26-tur. "Qizilqum" (safarda) 31 ochko, 7-o’rin

Etibor qaratsangiz "Metallurg" raqobatchilar bilan birgina "Turon" bu yo’lda to’qnash keladi. Qolgan raqiblar jamoadan tepada joylashgan. 

Superligada mavsum ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda. Har bir ochkoning qadri baland. Klublar oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida kurashni keskin olib boryapti.

Bu yo’lda hali kurash to’xtagan yo’q. Haqiqiy intriga esa turnir jadvalining quyida. Ahir hech kim Superligadan tushib ketishni istamaydi. Ammo gohida xohishning o’zi kamlik qilishi mumkin. Salomat bo’ling!

Abdulaziz Iskandarov

Fikr bildirish