Bosh sahifaFutbolXabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil qilindi.
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil qilindi.
Yig’in davomida jamoamiz Malayziya (5:1) va Iordaniya (0:3) termalariga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga chiqdi. Bugun jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Istanbul — Toshkent yo’nalishida harakatlangan uchoq mahalliy vaqt bilan 01:15 da Islom Karimov nomida xalqaro aeroportga kelib qo’ndi.
Ammandagi yig’inda ishtirok etgan 23 kishilik tarkibdan faqat 15 kishi Toshkentga qaytdi. Aeroportda qarshilashganimiz quyidagilar:
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), O’tkirbek Yusupov ("Navbahor"), Valijon Rahimov (AGMK)
Xabaringiz bor, Iordaniyaga olib ketilganlardan Jaloliddin Masharipov 10 oktyabr kuni "Al-Nassr"ning iltimosiga binoan Saudiya Arabistoniga qaytgan edi. SHuningdek, yig’in yakunida Rustam Ashurmatov (Janubiy Koreyaga), IbrohimHalil Yo’ldoshev (Rossiyaga), Otabek SHukurov (BAA), SHahboz Umarov (Belarus), Aziz G’aniev (BAA), Igor Sergeev (Qozog’izton) va Eldor SHomurodov (Italiya) kabi legionerlarimiz o’z jamoalari ixtiyoriga jo’nab ketishgani aytildi.
O’FA vakillarining saytimizga malum qilishicha, Srechko Katanec va uning murabbiylar guruhi o’z vataniga jo’nab ketgan. Sloveniyalik mutaxassisga ko’maklashayotgan Ravshan Haydarov Toshkentga qaytdi.
Iordaniyaga qarshi o’yinda safdan chiqqan Dostonbek Tursunovning jarohati jiddiyga o’xshaydi. Hamyurtimiz oqsoqlangani holda harakatlanyapti. U hozircha jarohati haqida gapirishni xohlamadi va barchasi MRT xulosasidan keyin oydinlashishini aytdi. SHuningdek, "Paxtakor" xavbeki Odil Hamrobekovning eski jarohati bezovta qila boshlagani aytilgandi. Saytimiz jamoasi va o’quvchilari nomidan har ikki futbolchiga salomatlik tilaymiz. Umid qilamizki, Doston va Odil tez orada safga qaytishadi.