Bosh sahifaBoks/MMA“Toshkent yo’lbarsi” nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiev yil yakunigacha yangi uyga ko’chib o’tadi.
Davlatimiz rahbarining ko’rsatmalariga binoan har bir sohada faxriylarimizga etibor qaratish, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, holidan xabar olish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston boks federaciyasining bosh homiysi «O’zbekiston temir yo’llari» akciyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqievga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.
Loyihaga ko’ra, Rufat akaning xonadonidagi bo’sh er maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo’yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga ko’chib o’tadi.