Buning uchun "Paxtakor" Toshkentda "Qizilqum" ustidan zafar quchishi va "So’g’diyona" Jizzaxda "Qo’qon-1912"ni engolmasligi kerak.
Gap shundaki, ayni paytda "So’g’diyona" va "Paxtakor" orasidagi tafovut 12 ballni tashkil qilmoqda. 22-turdan keyin "sherlar"ning ochkolari soni 54 taga etgani holda Baqoev jamoasi 40 lik dovondan osholmasa, poytaxt klubi chempionlikni rasmiylashtiradi. CHunki "Paxtakor" chempionat oxirigacha bo’lgan 4 turning (12 ochko beradi) barchasida engilsa ham, "So’g’diyona" 14 ballik farqni yo’qqa chiqarolmaydi. Bu holatda faqat "Nasaf"gina ochkolar bo’yicha "Paxtakor"ga etib olishi mumkin. Ammo o’zaro o’yinlardagi ustunlik "sherlar" tomonida.
SHuningdek, Toshkent klubi durang o’ynab ham chempionga aylanishi mumkin. Buning uchun "Qo’qon-1912" Jizzaxdagi o’yinni yutishi kerak. Ko’ramiz, o’tgan turda "Paxtakor"ni taslim qilgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bugun "So’g’diyona"ni ham enga olarmikan.
Malumot uchun, "sherlar" 2020 yilda chempionlikni 23-turda rasmiylashtirishgan edi (59 ochko bilan, musobaqa yakunida 65 ochko ishlagan). 2019 yilgi mavsumda esa SHota Arveladze 20-turning o’zida masalani hal qilgan (56 ochko bilan, musobaqa yakunida 69 ochko ishlagan).
Nima deb o’ylaysiz, "Paxtakor" bugun 14-bor mamlakat chempioniga aylanadimi?