Mukofot jamg’armasi 779,515 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham o’z omadini sinab ko’rdi. Kutilganidek, mamlakatimizning birinchi raketkasi hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda avstriyalik Yuriy Rodionovga imkoniyatni boy berib qo’ydi – 4/6, 2/6.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda ATP reytingida 224, Rodionov esa 142-o’rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo’ldi. Ular 2020 yilning 29 fevral kuni AQSHdagi “CHellenjer” turnirining yarim finalida o’zaro to’qnash kelishgan va o’shanda Denis raqibini 6/3, 7/6(1) hisobida mag’lub etgandi.