Futbol

Ronaldu Sulsherga «otvet» qaytardi

329

Kecha Britaniya matbuoti «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning matbuot anjumanini, xususan, Krishtianu Ronalduning jismoniy tayyorgarligi haqidagi savollarga bergan javoblarini muhokama qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik mutaxassis portugaliyalikni har bir o‘yinda maydonga tushirmoqchi ekanligini aytgandi.

Biroq, murabbiy Krishtianuning yoshiga ishora qilib, dam olmasdan bunday ritmni saqlab qolish qanchalik qiyin bo‘lishini ta’kidlagan.

Daily Mail xabariga ko‘ra, bu so‘zlardan so‘ng Ronaldu Sulsher bilan shaxsan uchrashgan. Manba bergan xabarga ko‘ra, suhbat davomida forvard agar murabbiy uni jamoaga foydali deb topsa, u barchasiga tayyor ekani va haftasiga ikki marta ham o‘ynash uchun tayyor ekanligiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» bugun «Lester» maydoniga safar qiladi.

Fikr bildirish