Ikkinchi yarim final uchrashuvida dunyoning 26-raketkasi bo’lib turgan britaniyalik Kemeron Norri g’alaba qozondi. U 1 soatu 27 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingining 28-pog’onasidan joy olib turgan bolgariyalik Grigor Dimitrovdan ustun keldi – 6/2, 6/4.
Kemeron bahs davomida 4 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida britaniyalik 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Bugun u BNP Paribas Open turniri bosh sovrini uchun gruziyalik Nikoloz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi.