Musobaqaning juftlik bellashuvlarida Zimbabve vakili Benjamin Lok bilan tandem hosil qilgan tennischimiz Sanjar Fayziev finalda kortga chiqdi. Belaruslik tennischilar Aleksandr Jirovskiy/ Aleksandr Leonenko juftligiga qarshi bosh sovrin uchun kechgan bahs ikki set davom etdi.
Final bahsida Fayziev/ Lok hamkorligi raqiblarini 6/2, 6/1 hisoblarida mag’lub etib, chempionlikni qo’lga kiritdi.