Boks/MMA

Rossiyada aralash yakkakurash bo’yicha yana bir superjangga tayyorgarlik ko’rilyapti.

143

Rossiyaning bugungi kun yakkakurash yulduzlari – Aleksandr SHlemenko hamda Vladimir Mineevning o’zaro oktagonda ro’baro’ kelishi kutilmoqda. Buning uchun birinchi galda SHlemenko o’rta vaznda Eagle FC kamarini qo’lga kiritishi lozim. Kuni kecha Magomed Ismailovni nokautga uchratgan Vladimir Mineev esa AMC Fight Nights kamari sohibi bo’lib turibdi.

Tashkilotchilar AMC Fight Nights va Xabib Nurmagomedovga tegishli Eagle FC ligalari chempionlari o’rtasida birlashtiruvchi chempionlik janglarini o’tkazish bo’yicha muzokaraga kirishishgan. Bu erda ko’p narsa aynan Xabibga bog’liq bo’ladi. 

Eslatib o’tamiz, Aleksandr SHlemenko shanba oqshomida vatandoshi Artur Guseynovni ochkolar hisobiga ko’ra mag’lubiyatga uchratgan edi. SHu jangdan so’ng liga rahbari Xabib Nurmagomedov sobiq Bellator chempioni hisoblangan SHlemenkoni o’rta vazn Eagle FC kamariga rasmiy davogar deb elon qilgandi. Ayni paytda ushbu kamar tojikistonlik Faridun Odilovning qo’lida bo’lib turibdi. Odilov – SHlemenko jangi mart oyida o’tkaziladi.

Fikr bildirish