Superliga. Bugungi Toshkent viloyati derbisi bilan 23-tur start oladi
Teglar : MetallurgAGMK
Superliganing 23-turiga AGMK Toshkent viloyati derbisida maydonga tushadi. Raqib Bekobodning Metallurg jamoasi.
Bu to’qnashuv jamoalarning chempionat doirasidagi o’zaro 28-bellashuvi bo’ladi. Toshkent viloyati derbisida AGMK va "Metallurg" chempionat doirasida 26 marotaba to’qnash kelgan. O’tkazilgan uchrashuvlarda 12 g’alaba AGMK hisobiga, 12 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 3 bellashuvda esa g’olib nomi aniqlanmagan. To’plar nisbati tenglik 47-49, Olmaliq klubi foydasiga.
Umumiy hisob-kitobga ko’ra, AGMK va "Metallurg" barcha musobaqalarda jami 32 marotaba to’qnash kelgan va unda AGMK 14 g’alaba, "Metallurg" 15 g’alaba va qolgan 4 bellashuvda durang natijasi qayd etilgan.
Ayni paytda AGMK 22 o’yinda musobaqa jadvalida 40 ochko jamg’argan holda 3-o’rinda turibdi. «Metallurg» esa 19 ochko to’plagan holda 10-o’rinni egallab turibdi.
Bulajak bahsni FIFA hakami Asker Najafaliev boshqaradi.
Mazkur tayinlov Asker Najafaliev uchun AGMK ishtirokidagi 7-bahsga aylanadi. Hozircha ushbu hakam ishlagan o’yinlarda AGMK 4 g’alaba, 1 mag’lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Ajoyib o’yin va qizg’in derbida jamoalarni qo’llab-quvvatlash uchun muxlislarni futbolga chorlaymiz! Uchrashuv 21 oktyabr Bekoboddagi «Markaziy» stadionda soat 18:15da boshlanadi.
21 oktyabr, payshanba «Metallurg» – AGMK Hakamlar: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Davronbek Akmalov Nazoratchi: Arslon Xotamov VAR hakami: Elyor Tursunov VAR assistenti: Baxtiyorxo’ja SHavkatov VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko Komissar: Jahongir Rahmatullaev