Boks/MMA

UFC prezidenti Dana Uayt amerikalik 37 yoshli Toni Fergyusonning promoushen bilan amaldagi shartnomasi haqida malumot berdi.

130

“SHartnoma bo’yicha Toni Fergyusonning promoushenimiz bilan bitta jangi qolgan. Biz ayni paytda ushbu jang ustida ishlayapmiz”, — dedi UFC prezidenti. 

Eslatib o’tamiz, Toni Fergyuson o’zining so’nggi jangini AQSHning Xyuston shahrida UFC 262 turniri doirasida Beneil Dariushga qarshi o’tkazib, mag’lubiyatga uchragan edi. Bu u uchun ketma-ket uchinchi mag’lubiyat bo’lgan edi. Toni undan avval Jastin Getji va CHarlz Oliveyraga ham imkoniyatni boy bergandi. Uning oxirgi g’alabasi 2019 yilning iyun oyiga to’g’ri keladi. U o’shanda Donald Serroneni nokautga uchratgan edi.

Fikr bildirish