Tennis

Sinner Antverpenda tengsiz, u Jokovichning rekordini takrorladi

316

Dunyoning 16-raketkasi Yannik Sinner European Open turnirida bosh sovrin sohibiga aylandi. Italiyalik 20 yoshli istedod egasi 76 daqiqa davom etgan final uchrashuvida reytingda o’zidan 3 pog’ona yuqorida turgan argentinalik Diego SHvarcmanni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub etdi – 6/2, 6/2.

Yannik bahs davomida 8 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi. Ikki bor qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Sinner mavsumdagi to’rtinchi, faoliyatidagi beshinchi sovrinni qo’lga kiritdi.  

Antverpendagi muvaffaqiyatli ishtirok Yannikka 49,885 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. SHvarcman esa 35,770 evro va 150 ochko ishlab oldi. 

Etiborlisi, Sinner 20 yoshida 5 ta sovrinni qo’lga kiritgan holda Novak Jokovichning rekordini takrorladi. Novak bu rekordni 2007 yilda o’rnatgan edi. Yannik bugun elon qilinadigan reytingda dunyoning 11-raketkasiga aylanib oladi. 

Fikr bildirish