«PSJ» Fransiya chempionatida 11ta o‘yin o‘tkazgan, ammo klubning yangi futbolchisi Lionel Messi hali ham samarali harakatlarini amalga oshira olmagan. To‘g‘ri, argentinalik parijliklarning Liga 1 doirasidagi bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yinida qatnashgan.
Biroq oltita «Oltin to‘p» sohibi uchun bu ko‘rsatkich yomon natija hisoblanadi. Stats Foot statistik portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Messi 16 yil ichida birinchi marta ichki chempionatning dastlabki to‘rtta o‘yinida bitta ham gol ura olmadi.
Oxirgi marta futbolchi mavsumga 2005 yilda xuddi shunday yomon natija ko‘rsatgan edi. Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuvda «PSJ» «Marsel» bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etdi.