Kuni kecha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig’ilish bo’lib o’tdi va jamoa tomonidan qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar tanqidiy ko’rib chiqildi. Mazkur yig’ilish yakunida, jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Igor Anatolevich SHkvirin hohishiga ko’ra istefoga chiqarildi va klub bilan do’stona xayrlashdi.
“Turon” futbol klubi istedodli mutaxassis Igor SHkviringa jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilab qoladi”, – “Turon” matbuot xizmati.
Eslatib o’tamiz, championat.asia 23 oktyabr kuni SHkvirin istefoga chiqqani haqida xabar bergandi.