Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Bunyodkor" klubi bu tur ligada qolish uchun kurashayotgan "Turon"ga qarshi o’ynadi va 3:1 hisobida g’alabaga erishdi. To’g’ri "Turon" musobaqa jadvalida so’nggi o’rinda bormoqda, lekin shu kuni SHkvirin shogirdlari yutqazmaslik uchun borlarini berishdi va so’nggi daqiqagacha o’ynashdi. Aynan so’nggi daqiqalarda mezbonlar ikkita gol urib g’alaba qozonishdi. SHu bois SHuhrat Maqsudovchampionat.asia sayti talqiniga ko’ra 23-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Surxon" bu tur Termizda "Qizilqum"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Termiz klubi darvozaboni shu kuni bir qator seyvlar bilan jamoasi joniga oro kirdi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko’ra, 23-turning eng yaxshi darvozaboni Rustam Nartadjiev bo’ldi.
Bu turda "Bunyodkor" vakili Nurillo To’xtasinov"Turon" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To’xtasinov "Turon" bilan bahsda faol o’ynadi va gol urdi hamda sherigiga golli pas berdi. SHu tariqa, Nurillo To’xtasinovchampionat.asia talqiniga ko’ra 23-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.