Bugun -86 kg vaznli bokschimiz SHohjahon Abdullaev belgiyalik Viktor SHelstreytga qarshi jang o’tkazdi va ikkinchi raundning so’nggi soniyasida kuchli zarba o’tkazib yuborib, nokaut holatiga tushib qoldi.
Qayd etish lozimki, birinchi raundni u 3:2 hisobida o’z foydasiga hal qilgandi. Ikkinchi raundda yanada faolroq harakat qilgan SHohjahon g’alabaga yaqin qolayotgandi. Afsuski, o’tkazib yuborilgan zarba yosh bokschimizga qimmatga tushdi va musobaqani tark etdi.
Malumot uchun, SHohjahon yaqindagina O’zbekiston kattalar terma jamoasiga jalb etilgan. U shu yili aprel oyida Polshada o’tkazilgan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo’lga kiritgandi.