Futbol

2012 yilgi Chempionlar ligasi finali qahramonlari. Ular hozir qayerda?

536

2012 yilda Myunxenda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finali turnir tarixidagi eng esda qolarli uchrashuvlardan biriga aylandi. «Bavariya» butun qur’a favoriti bo‘ldi. Nemislar final o‘yinini o‘z uy stadioni «Alyans Arena»da o‘tkazishdi, ammo «Chelsi» yakunda dramatik kechgan penaltilar seriyasida myunxenliklarni mag‘lub etib, UYEFA Chempionlar ligasi kubogini «Bavariya»dan tortib oldi.

Oradan 9 yil o‘tdi. Biroq, ushbu bahs hamon muxlislar yodida. Shu sababli, «Stadion.uz» nashri Myunxen finalida ishtirok etgan futbolchilarning keyingi taqdiri haqida hikoya qiladi.

«Bavariya» — «Chelsi»

 

Murabbiy

O‘sha paytda «Bavariya»ni taniqli mutaxassis Yupp Xaynkes boshqarar edi. Keyingi yili nemis mutaxassisi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning «Borussiya» klubini mag‘lub etib, o‘z maqsadiga erishdi. Xaynkes 2018 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlagan. Hozir u 75 yoshda.

Hamon «Bavariya»da.

Myunxen klubida hamon «Chelsi»dan uchralgan alamli mag‘lubiyatni eslayotgan ikkita futbolchi bor. Manuel Noyer – «Bavariya»ning hozirgi sardori. Tomas Myuller – barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan asosiy tarkib futbolchisi.

2012 yilgi Chempionlar ligasi finali qahramonlari. Ular hozir qayerda?

Faoliyatini yakunlagan.

Sakkiz nafar futbolchi allaqachon faoliyatini yakunlagan. Ular orasida Myunxen klubining Bastian Shvaynshtayger, Aryen Robben va Filipp Lam kabi afsonaviy futbolchilari bor. Taniqli ijrochilardan tashqari, Anatoliy Timoshuk, Xans But, Daniel van Byuyten, Mario va Ivisa Olich ham butsalarini mixga ilib qo‘yishdi.

Boshqa jamoalarda.

Bu tarkibdan yana yetti nafar ijrochi hamon professional darajada o‘ynayapti, ammo «Bavariya»da emas. Toni Kroos «Real Madrid» yetakchilaridan biri. 36 yoshli Frank Riberi A Seriya debyutanti «Salernitana» klubini zabt etish uchun harakat qilmoqda. Braziliyalik Rafinya o‘z vataniga qaytdi va hozirda «Gremio» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bundan tashqari, Diyego Kontento «Fortuna Dyusseldorf» futbolchisi hisoblanadi, Nils Petersen esa2015 yildan buyon «Frayburg» a’zosi. 38 yoshli Daniel Pyanich esa Kipr chempionatini zabt etishga yo‘l oldi.

2012 yilgi Chempionlar ligasi finali qahramonlari. Ular hozir qayerda?

Ko‘pchilik biladi, ammo «Bavariya»ning «Chelsi»ga qarshi final o‘yinida yaponiyalik Takashi Usame ham bor edi. Hozir u 28 yoshda bo‘lib, Yaponiya J ligasi a’zosi «Gamba Osaka» klubida o‘ynamoqda.

«Chelsi»

«Chelsi» bosh murabbiysiz Chempionlar ligasining tarixiy finalida g‘alaba qozondi. Mart oyida Andre Villash-Boash istefoga chiqarildi va Roberto Di Matteo mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimida ishladi. Shveysariyalik mutaxassi Yevropani zabt eta olishiga kimdir ishonishi mumkinmi? Keyinchalik Di Matteo «Chelsi»ning to‘laqonli murabbiyiga aylandi, lekin u bu lavozimda atigi 21 ta o‘yin o‘tkazdi. 2016 yildan beri Roberto Di Matteo ishsiz.

2012 yilgi Chempionlar ligasi finali qahramonlari. Ular hozir qayerda?

Bu tarkibdan sakkiz nafar futbolchi allaqachon faoliyatini yakunlagan: klub afsonalari Didye Drogba va Petr Chex, shuningdek, Eshli Koul, Bosingva, Paulo Ferreyra, Floran Maluda, Fernando Torres va Ross Turnbul o‘tgan vaqt davomida karyerasini tugatdi.

To‘qqiz nafar futbolchi hamon professional darajada o‘ynamoqda. Xuan Mata klubning asosiy raqibi «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. David Luis vataniga qaytishga qaror qildi va hozirda «Flamengr»da faoliyatini davom ettirmoqda. Ammo, «Chelsi» 2019 yilning yozida yangi shartnoma taklif qilmagandan so‘ng, Garri Keyxill boshqa jamoaga o‘tdi va hozirda «Bornmut» sharafini himoya qilmoqda.

2012 yilgi Chempionlar ligasi finali qahramonlari. Ular hozir qayerda?

Shuningdek, boshqa futbolchilar ham faoliyatini turli jamoalarda davom ettirmoqda. Xususan, Rayan Bertran «Lester», Oreol Romelu («Sautgempton»), Salomon Kalu («Botafago», Braziliya), Jon Obi Mikel («Al-Quvayt») Daniel Starrij («Pert Glori», Avstraliya) ham hamon o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni xursand etmoqda.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Fikr bildirish