Afsuski, bugun medallar uchun asosiy umidlarimizdan biri hisoblangan Rio Olimpiadasining kumush medali sohibi SHahram G’iyosov ilk jangidayoq jiddiy raqib, qozog’istonlik Aslanbek SHimbergenovga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Qolgan charm qo’lqop ustalarimiz esa o’z janglarini g’alaba bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo’l olishdi.
Ertaga, jahon chempionatining oltinchi kuni yana to’rt nafar bokschimiz o’z janglarini o’tkazishadi. Eng engil vazn (-48 kg) toifasidagi hamyurtimiz Nodirjon Mirzahmedov Rikkey Neysbittga qarshi jang bilan jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.