Futbol

Angliya chempionatining 10-tur o’yinlari prevyusi.

208



Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

“Boylar” to’qnashuvi, “shporlar” MYUni chorlar, 10-turda bizni nimalar kutib turibdi?

Teglar : 
Angliya Premer-ligasi
Angliya chempionatining 10-tur o’yinlari prevyusi.

Dam olish kunlari bizni qiziqarli bahslar kutib turibdi. Umuman, Angliya futbolida qaysi o’yin bo’lmasin, o’z shiddatini yo’qotmaydi.

Lester – Arsenal
Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

SHubhasiz, turning markaziy o’yinlaridan biri deb og’iz ko’pirtirib aytishimiz mumkin. Ayniqsa, turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar bo’lsa. 9 turdan so’ng ikkala "qo’shni" 14 ochkodan jamg’argan. "To’pchilar" to’p otishni emas, to’p o’tkazib yuborishni qoyillatgani tufayli "tulkilar"ning ortidan qo’nim topishgan. Arteta shogirdlari esnashga majbur qilmaydigan uchrashuvda zafar qozonib, "kanonirlar" nomiga munosibroq bo’lishga urinib ko’rishadi. "Arsenal" "King Power Stadium"da o’tgan so’nggi ikki bahsni tantanavor ko’rinishda yakunlagan. Vardi sarkardaligidagi "Lester" esa oxirgi to’rt bahsda g’alaba nashidasini surgan. Demak, turning dastlabki o’yiniyoq ekran qarshisiga yaqinroq o’tirishga undaydi.

Ishtirok eta olmaydi: Jeyms Jastin, Uesli Fofana, Mark Olbrayton, Uilfred Ndidi — Granit Jaka

Jamoalar o’rtasidagi oxirgi uch uchrashuv:

Lester – Arsenal 1:3

Arsenal – Lester 0:1

Lester – Arsenal 0:2

Liverpul – Brayton

Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

O’tgan turda "Manchester Yunayted"ni asalari singari talagan "qizillar" bu safar qurollarini "Brayton"ga hozirlashayotgan bo’lsa, ajabmas. Ammo raqibning nomi jarangdor bo’lmasa-da, ular MYUdan yuqoriroqda, kuchli beshlikdan o’rin egallay olgan. SHunday bo’lsa-da, mezbonlarning gol-mashinasi o’z tezligini oshirmoqda. Birgina Muhammad Salohning o’zi 9 tur davomida butun "Brayton"dan ko’proq gol urishga erishgan (misrlik forvard hisobida 10 ta gol mavjud, "Brayton" 9 ta gol urgan). Qolaversa, u sheriklarining darvoza to’rini nishonga olishida ham o’z himmatini ayamagan (5 ta assist). SHu bois mehmonlar raqib hujumchilarini ko’zoynak taqib bo’lsa-da, ko’zdan qochirmasliklari lozim bo’ladi. Qiziq tomoni ikkala jamoaning so’nggi to’qnashuvi "Anfield"da yuz bergan va unda mehmonlarning oshig’i olchi bo’lgan. Birinchi davradagi bahsda ham mersisaydliklar g’alaba kalitini topa olishmagan. Bu uchrashuvni kuzatish orqali ham mazali taom istemol qilish kabi rohat olishingiz hech gapmas.

Ishtirok eta olmaydi: Kuivin Kellexer, Tiago Alkantara, Xarvi Elliot, Jeyms Milner — Den Bern, Stiven Alsate, Denni Uelbek. 

Jamoalar o’rtasidagi oxirgi uch uchrashuv:

Liverpul – Brayton 0:1

Brayton – Liverpul 1:1

Brayton – Liverpul 1:3

Manchester Siti – Kristal Pelas

Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

"Kristal Pelas" faqatgina duranglari bo’yicha ko’zga tashlanmoqda. Biroq "shaharliklar" statistikayu, raqib degani narsaga qarab o’tirmaydi. Matematiklar maydonning har qarichida hisob-kitobga qilishga majbur qilishadi hamda to’pga qo’shib raqibini ham rosa sarson etadi. Ketma-ket 4 o’yindan beri o’ziniyam, raqibiniyam xafa qilmayotgan "Kristal Pelas" bu safar 5-durangga jon-jon deya rozi bo’lishi tabiiy hol. Har holda etakchilarni taqb qilayotgan "Siti"ning o’z maydonida ochko yo’qotish ehtimoli kamroq. Biroq futbolda hamma narsa bo’lishi mumkin. Og’zidagi oshini "Vest Xem"ga oldirib qo’ygan manchesterliklar Gvardiolada qolgan soqolining to’kilishini istamasa kerak.

Ishtirok eta olmaydi: Ferran Torres, Liem Delap, Benjamen Mendi — Natan Fergyuson, Eberechi Eze

Jamoalar o’rtasidagi oxirgi uch uchrashuv:

Kristal Pelas – Manchester Siti 0:2

Manchester Siti – Kristal Pelas 4:0

Manchester Siti – Kristal Pelas 2:2

Nyukasl – CHelsi

Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

"Yangi boy" hamda "eski boy" to’qnashuvi. Nyukasl islohotlarni CHempionshipdan boshlashni maqul ko’rishmasa kerak harqalay. Biroq ular egalik qilayotgan ishlari "besh" emas, mag’lubiyatlarigina beshta bo’lib turibdi. Ularning soni yana bittaga ortishini kutish mumkin, sababi "aristokratlar" hozirda dunyoning manaman degan jamoasini kurashga chorlay qoladi. Qolaversa, klub egasi Roman Abramovich ham ko’ngli iyib ketsa, chuntagidan millionlab mullajiringlarni transferlar uchun sochib yuborishi mumkin. "Nyukasl" APL arqoninig quyirog’ida chirmashib turibdi, "CHelsi" esa eng uchida o’sha arqonni o’ynatib turibdi. Maydon egalari xo’jayinlari xafa qilmaslik uchun tish-tirnog’i bilan kurashishga intilishsa kerak, biroq baribir londonliklarning imkoniyati ancha yuqori baholanmoqda.

Ishtirok eta olmaydi: Martin Dubravka, Freddi Vudmen, Pol Dammett — Ruben Loftus-CHik, Timo Verner, Romelu Lukaku.

Jamoalar o’rtasidagi oxirgi uch uchrashuv:

CHelsi – Nyukasl 2:0

Nyukasl – CHelsi 0:2

Nyukasl – CHelsi 1:0

Tottenxem – Manchester Yunayted

Angliya chempionatining 10-tur o'yinlari prevyusi.

Turning markaziy o’yini deya etirof etilayotgan uchrashuv. "Manchester Yunayted"ning chempionatdagi so’nggi g’alabasi bo’ronlar ichida olisda zo’rg’a ko’zga tashlanmoqda. O’z uyidagi sharmandali mag’lubiyat ham mankunianliklarga begona emas. O’tgan yili "qizil iblislar" aynan o’z maydonida bo’lajak raqiblariga 5 ta gol farqi bilan yutqazgandi (1:6). So’nggi o’yinlarda popugi pasayib qolgan jamoani "Yuventus" qadriga etmagan Ronaldu botqoqdan olib chiqa olarmikan degan o’y ko’pchilikni o’ylantirmoqda. Jadvalda yonma-yon turgan jamoalar biri-birining o’zib ketishini istamasa kerak. Qolaversa, ikkala jamoa ham evroturnirlar oldidan kayfiyatini chog’ qilishga harakat qiladi. Xullas, qahva ichib, murosasiz to’qnashuv tomosha qilishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat.

Ishtirok eta olmaydi: Rayan Sessenon, Brayan Xil — Amad Diallo, Pol Pogba.

Jamoalar o’rtasidagi oxirgi uch uchrashuv:

Tottenxem – Manchester Yunayted 1:3

Manchester Yunayted – Tottenxem 1:6

Tottenxem – Manchester Yunayted 1:1

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Fikr bildirish