Sayyoramizning oltinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov kutilmaganda musobaqaning chorak finalida reytingning 69-pog’onasidan joy olib turgan niderlandiyalik Botik van de Zandshulpga imkoniyatni boy berib qo’ydi – 3/6, 4/6.
Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Andrey 2 ta, Botik esa 5 ta eys zarbani ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob “Lolalar yurti” tennischining foydasiga bo’lib turibdi – 2:0. Bugun van de Zandshulp St.Petersburg Open turnirining yarim finalida xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqadi.