O’yinda xet-trikka erishgan Robert Levandovski musobaqadagi 80-golini urdi. U ushbu natijasiga yubiley 100-uchrashuvida erishdi.
Polshalik bunga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan ko’ra tezroq erishdi. Messi ECHLdagi 80-to’pini 102-o’yinida kiritgan bo’lsa, Ronalduga shuncha gol urishi uchun 116 uchrashuvda maydonga tushish talab qilingandi.
Eslatib o’tamiz, 33 yoshli Levandovski musobaqa joriy mavsumidagi gollari sonini 8 taga (+1 assist) etkazib, yaqqol to’purar bo’lib turibdi.