Olamsport.com sayti bokschimizni bugungi darajasiga olib chiqqan, lekin ko’pchilikning etiboridan chetda qolib ketayotgan murabbiyi – Davron G’ofurov bilan kichik intervyu tashkil qildi.
– Bazi bokschilarimizga bo’lgan nohaqliklar Abdumalikning ruhiyatiga tasir o’tkazmayapti? Sizda shogirdingizga nisbatan nohaqlik bo’lishi mumkin degan qo’rquv yo’qmi?
– Allohga shukur, hammasi yaxshi. Hakamlar g’alabani raqibga berib yuboradi degan qo’rquvimiz yo’q. Agar qo’rquv bo’lganida biz bu chempionatga kelmagan bo’lardik. Biz maksimal darajada harakat qilamiz, rejamiz bo’yicha hammasi yaxshi bo’ladi, In SHa Alloh.
– Abdumalik Osiyo chempionatidagi nohaqlikdan so’ng o’zini qanday his qildi?
– Bu esimizdan ham chiqib ketgan. Hamma biladi, Xalakov g’alaba qozongandi. Agar “protest” berilganida, g’alaba bizga qaytarilar edi. CHunki aniq zarbalar Abdumalikda ko’proq bo’lgan. Biz uni 5-6 martadan qayta sanab chiqdik. O’shanda bosh murabbiyimiz “protest” berganida, balki boshqacha bo’lardi. CHunki 10 nafar boskchimiz yarim finalga chiqan edi. SHularga zarar bo’lmasin, deya protest bermaymiz deyishgandi.
Abdumalik o’zini endi ko’rsatadi. In SHa Alloh, ertaga va 5 noyabr kuni yana ham chiroyli janglar namoyish qiladi degan umiddamiz.
– Ring oldida o’ziningizni juda og’ir-bosiq tutasiz. Faqat ring oldida shundaymisiz yoki tabiatan og’ir bosiqmisiz?
– Ring chetida baqir-chaqir qilish bolaga juda katta tasir qiladi. Bu o’zi umuman noto’g’ri ish. Biroz bo’lsa ham xotirjam o’tirish kerak. Sababi ringdagi shogirdingiz sizni eshitishi lozim. Baqir-chaqir, qarsak chalishlar bilan boks tushayotgan bolaga halaqit qilish mumkin. Avvallari AIBA qoidalariga ko’ra, murabbiy ortiqcha shovqin qilsa, ogohlantirish berilardi, bokschini ringdan chiqarib yuborishardi. Hozir bunday narsalar yo’q. Baqirish noto’g’riligini uzoq yillik faoliyatimdan bilaman.
Abdumalik baqir-chaqir qilib gapirilsa hech kimni eshitmaydi. Men esa buni yaxshi bilaman. U bilan birga O’smirlar olimpiadasiga, jahon chempionatiga bordik. Orttirgan tajribamdan kelib chiqib oldinga bor desam, oldinga harakat qiladi, ko’proq himoyaga ishla desam, himoyalanadi. Ring tashqarisidan turib bergan ko’rsatmalarimning 80% ini bajaradi. Aytmoqchimanki, shovqin qilish bilan hech narsa o’zgarmaydi. Murabbiy o’zini biroz bosib olishi kerak. Hamma gaplarni, shovqinlarni mashg’ulot jarayonida qilish kerak. Bu erga kelib o’z mahoratini ko’rsatishi lozim. Bu mening shaxsiy fikrim. SHuning uchun ring oldida o’zimni bosiq tutishga harakat qilaman. Bu narsa hakamlarning etiroziga sabab bo’lishi mumkin, yutqazayotgandek taassurot qoldirgan holda g’alabani raqibga berib yuborishi hech gap emas. O’zingizga ishongan holda o’tirsangiz, biladi, bu o’ziga ishonyapti deb o’ylab qaror chiqaradi. Bunday vaziyat faoliyatimda ko’p uchragan.
Abdumalik Xalakovning muxlislari endi ko’paymoqda. Lekin Abdumalik o’zbek boksini pala-partish emas, chiroyli tomonlarini ko’rsatmoqda deb o’ylayman. Bu bizning maktabimiz. Abdumalikdan tashqari o’smirlar o’rtasida respublika chempioni – Javohir Mirzajonov, yoshlar o’rtasida Samandar Olimov kabi shogirdlarim bor. Ular Abdumalik akasidan namuna olishmoqda. Deyarli barcha shogirdlarim bir-birlariga o’xshashadi. Xalqimiz duo qilib tursa, biz yurtimizga oltin medal olib borishga harakat qilamiz.
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.