Futbol

«PSJ» «radari»ga tushgan navbatdagi «qurbon» ma’lum

103

«Milan» bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydigan yarimhimoyachi Frank Kessi Yevropaning ko‘plab top-klublarining transfer maqsadiga aylangan.

El Nacional nashri jurnalistlarining xabar berishicha, 24 yoshli ivuarlik futbolchisiga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati Kessi uchun Kataloniyaning «Barselona», Madridning «Real», Londonning «Tottenxem» va «Inter» klublari bilan raqobatlashishga tayyor.

Frank qishki transfer oynasida ushbu jamoalar bilan bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.

Joriy mavsumda Italiya chempionatida Kessi sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi.

Fikr bildirish