Futbol

«As-Sadd» Xavi bo‘yicha «Barselona» rahbariyatiga daxshatli shart qo‘ydi

96

Kataloniyaning «Barselona» «As-Sadd» rahbariyati bilan Qatar klubi ustozi Xavi Ernandesni Ispaniya klubiga o‘tish borasidagi muzokara jarayonini davom ettirmoqda.

Marca nashrining xabar berishicha, tomonlar hozircha kelisha olishmagan. Manbaning qayd etishicha, «As-Sadd» «ko‘k-anorranglilar»ga yangi shartlarini ma’lum qilgan. Qatar klubi ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgani uchun besh million yevro olmoqchi. Xavining shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Tomonlar navbatdagi uchrashuvi bugun, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada «Barselona»gollandiyalik mutaxassi Ronald Kuman lavozimidan ozod qilgandi.

Fikr bildirish