Boks/MMA

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo’yicha ASA 131 turniri bo’lib o’tdi.

125

Oqshomning qiziqarli janglaridan birida rossiyalik mashhur MMA ustasi Ivan SHtirkov hamyurti Artur Astaxov bilan to’qnash keldi. Yarimog’ir vazn toifasida kechgan jang birinchi raundning so’nggi soniyalari o’tib borayotgan bir pallada to’xtatildi. SHtirkov raqibini nokautga uchratdi.

Bu Ivan SHtirkovning faoliyatidagi 22-jangida qozongan 19-g’alabasi bo’ldi. Yana ikkita jangda Ivan mag’lubiyat alamini totib ko’rgan, bir jangda durang qayd etilgan. Artur Astaxov esa faoliyatidagi sakkizinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi. Jang oldidan Ivan SHtirkov ASA reytingida 7, Artur Astaxov esa 6-o’rinni egallab turgandi. 

«Basket-Xoll» arenasida kechgan turnirning markaziy jangida engil vaznda ACA chempioni Abdul-Aziz Abdulvaxabov braziliyalik Xakren Diasga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raund to’liq davom etgan jangda amaldagi chempion ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi. Dias jang oldidan reytingda ikkinchi pog’onadan joy olgandi. 

Oqshomning ko-meynivent jangida Magomedrasul Xasbulaev yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. U Ramazan Kishevni uchinchi raundning so’nggi soniyasida texnik nokautga uchratdi. 

Fikr bildirish