Futbol

Ispaniya chempionati 13-turidan o’rin olgan bahs yakunlandi.

142



Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

La Liga. “Selta” ikki goli inobatga olinmagan o’yinda “Barselona” bilan jangovar durang qayd etdi

Teglar : 
SeltaBarselona
Ispaniya chempionati 13-turidan o’rin olgan bahs yakunlandi.

Selta – Barselona 3:3

20.15, «Balaidos»

Gollar: 0:1 – 5 Fati, 0:2 – 18 Buskets, 0:3 – 34 Depay, 1:3 – 52 Aspas, 2:3 – 74 Nolito, 3:3 – 90 Aspas.

Selta – Dituro, Malo (Vaskes, 46), Murilo (Arauxo, 70), Aydu, Galan, Denis Suares, Solari (Beltran, 46), Tapiya (Servi, 65), Nolito, Aspas, Galyardo.

Barselona – ter Stegen, Mingesa, Langle, Erik Garsiya (Arauxo, 46), Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales (Puch, 59), Gavi (Ezzalzuli, 80), Depay, Fati (Balde, 46).

Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (29), Solari (37), Alba (45), Tapiya (55), Buskets (88), ter Stegen (90), de Yong (90), Ezzalzuli (90), Aspas (90).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Dahshatli o’tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Asssssssssspppppppaaaaaaaaaaasssssssssssss!!! So’nggi hujumda mezbonlar haqiqiy iroda namoyish etishdi. Aspas Messi uslubida chap qanotdan oshirilgan to’pni to’xtatmasdan darvozaga joylab qo’ydi.

90+6. De Yong ham "sarg’ayganlar" ro’yxatidan o’rin oldi.

90+5. Ezzalzuli simulyaciya uchun ogohlantirildi.

90+4. Birinchi bo’limdagi "Barselona"ni ikkinchi taymda topolmadik.

90+3. Ter SHtegen vaqtni cho’zgani uchun ogohlantirildi.

90+2. Galan qulay tarzda kelgan to’pni darvozaga emas, tribuna tomon yo’lladi.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo’shib berildi.

87. Endi ispagiyalik futbolchining o’zi o’yin qoidasi buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

86. Busketsga nisbatan qo’pollik ishlatildi.

86. ZARBA! De Yong darvoza to’sinini nishonga oldi. Niderlandiyalik futbolchi chap oyog’ida kuchli zarba yo’llab, darvozani titratib yubordi, biroq to’rlar titramadi.

83. Beltrand raqib futbolchisiga nisbatan qo’pol o’ynadi.

80. Mehmonlarda o’zgarish: Ezzalzuli Gavining o’rniga bahsga qo’shildi.

78. "Selta" hisobni tenglashtirishga yaqin keldi.

74. GOOOOOOOLLLL!!! Nolito bu safar qoidalarga mos tarzda raqib darvozasini ishg’ol qilmoqda. Servining qanotdan oshirgan to’pini mezbonlar hujumchisi germaniyalik posbon darvozasiga joylab qo’ydi.

69. Yana GOOOOLLL hisobga olinmadi. Nolito qo’l bilan o’ynagani bois uning nomi tabloda qayd etilmaydi.

66. Puchning niyatlari puch bo’lib chiqdi.

65. "Selta"da o’zgarish: Servi Tapiya o’rniga maydonga tushdi.

64. Ogohlantirish: Hakam qizishib ketgan mezbonlar murabbiyini "sovutib qo’ydi".

63. "Selta" futbolchisi raqib jarima maydonchasida yiqitildi, hakam esa hech narsa bo’lmagandek o’yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

60. "Selta" futbolchisining qanotdan oshirgan to’piga Ibragimovichning ham bo’yi etmasdi.

59. "Barselona"da o’zgarish: Riki Puch Niko o’rniga safga qo’shildi.

57. "Barselona" Kumandan qutulganiga shukr qilyaptimi yoki Barxuan jamoani yaxshi tayyorlay oldimi, har holda kataloniyaliklar maydonda erkin harakatlanishmoqda.

55. OGOHLANTIRISH: Tapiya Baldeni yiqitgani uchun jazolandi.

52. Mana bunisi esa haqiqiy gol! Aspas hisobni qisqartirdi. Yana chap qanot faolligi va darvoza tomon berilgan zarbani Ter SHtegen bartaraf etgandi, biroq qaytgan to’pni "Selta" sardori darvozaga joylab qo’ydi.

50. GOOOLLL demoqchi edim, Galyardo ofsaydda qolgan ekan.

49. "Selta" chap qanotdan hujum tashkil qildi. Ichkariga uzatilgan to’pni "Barsa" futbolchisi parvoz qilgan holda qaytardi.

48. "Selta" hujum bilan boshladi, Galyardoning zarbasi aniq bormadi.

46. Ikkinchi bo’lim o’zgarishlar bilan boshlandi. Ko’ramiz, o’yinda ham o’zgarishlar sodir bo’larmikan.

"Selta"da ikki o’zgarish: Bertrand Solari o’rniga, Vaskes Mallo o’rniga maydonga tushdi. SHuningdek, mehmonlarda ham ikki futbolchi o’yinga qo’shildi: Baldi Fatini, Arauxo esa Erik Garsiyani almashtirdi.

Birinchi bo’lim yakunlandi.

45+1. Alba ogohlantirildi.

45. Birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berildi.

45. Fatining jarohati jiddiy bo’lib chiqdi. Uni eski jarohati bezovta qilmoqda. U maydonni tark etdi. Unga tezroq sog’ayishini tilab qolamiz. Menimcha, murabbiy uning o’rniga tushadigan o’yinchini ikkinchi bo’lim boshida qo’yib yuborsa kerak.

Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

44. "Barselona" yaqin vaqt ichida bunchalik maroq bilan futbol o’ynamagandi.

43. Galan Ter SHtegenning yaqin burchagini nishonga olib ko’rdi, zarba aniq chiqmadi.

41. Fati maydonga qaytarishi bilan yana uni ag’darishdi. Futbolchi raqiblariga qarata sizlarda insof bormi deyapti, menimcha.

38. Xavfli vaziyat! Fati sal qolsa dublni rasmiylashtirardi. CHap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan De Yongning say-harakatlari natijasida markazda turgan Fati sherigining pasidan so’ng zarba yo’lladi, ammo to’p biroz noaniq yo’nalish oldi. Fati kichik jarohat olgan ko’rinadi. Unga tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.  

37. Ogohlantirish: Solari Fatining oyog’iga zarba bergani uchun hakam tomonidan jazolandi.

34. GOOOOOOOOOLLLLLLL!!! 33-daqiqada 3-gol! Albaning qanotdan oshirgan to’pini Memfis darvozabonga noqulay burchakka yo’lladi hamda yisobni yirik ko’rinishga keltirdi. Kumanning davrida qayoqda edi shuncha gollar…

33. Xavfli vaziyat! Aspasning burchak zarbasidan so’ng yakka o’zi turgan Tapiya to’pni kutmagandi, aks holda Ter SHtegenning peshonasini tirishtirishga majbur qilardi.

31. Yo’q, u ko’rsatib qo’ya olmadi hozircha. Uning jarima zarbasi ko’ngildagidek chiqmadi.

30. Erik Garsiya raqibga nisbatan qo’pol o’ynagani bois ogohlantirildi. Aspas hozir ko’rsatib qo’yaman degandek qarash qildi.

28. "Selta" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, ammo qoidani buzgan holda.

26. Nolito qarshi hujumda raqib himoyachisi bilan birga-bir qoldi, ammo u Zaporojec singari harakat qildi, natijada butun "Barselona" ortga qaytishga ulgurdi.

24. Niko maydon markazida yiqitildi. Ko’p mehnat qilsang, ko’p yiqitishga urinishadi, deganlari shu bo’lsa kerak.

20. De Yong raqibiga nisbatan qo’pol o’ynadi. Standard vaziyatdan mezbonlar foydalana olishmadi.

18. GOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Buskets!!! Xavining kelganining xabariyoq kataloniyaliklarga xush kelmoqda. Nikodan markazda to’pni qabul qilib olgan Serxio kuchli zarba bilan darvoza to’rini teshib yuboray dedi.Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

16. Aspas o’ng qanotdan oldinga borayotgandi, ammo to’pni o’zidan uzoqlashtirib yubordi, aks holda yana bir xavfli vaziyat guvohi bo’lardik.

15. Depay burchak zarbasi ishlab oldi.

14. Hammayoqda Fati, o’yindayam, o’yindan tashqari holatdayam…

12. Fati hujumda o’yin qoidasini buzdi.

10. XAVFLI VAZIYAT! "Selta" futbolchisining o’ng qanotdan oshirgan to’pini Nolito darvozaga joylab qo’yishi mumkin edi. Gavi so’nggi soniyalarda vaziyatni bartaraf etdi.

7. Langle "Barselona" jarima maydonchasida to’pni raqibga berib yuborishiga sal qoldi! Galyardo kutilmagan vaziyatdan foydalana olmadi va natijada Ter SHtegen xotirjamlik bilan to’pni egallab oldi.

5. GOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Fati! "Barsa"ning ilk hujumi golga aylandi. CHap qanotdan oldinga borgan Fati to’pni uziga qulay tarzda to’g’rilab oldi hamda Dituroni lol qoldirdi.Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

2. Xavfli vaziyat! Dastlabki hujumdayoq Aspas hisobni ochishi mumkin edi. Uning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

1. Uchrashuv boshlandi

Fikr bildirish