«Barselona» direktori Mateu Alemani kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan suhbatlashdi. Bu haqda Ccma.cat nashri xabar bermoqda.
Ikkala tomon ham klubdagi tibbiy muammo imkon qadar tezroq hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masala ekanligi haqida gaplashdi. Alemani noto‘g‘ri tashxis qo‘yishdan, o‘yinchining yomon tiklanishidan va residivlardan charchaganligini aytgan.
Xabar qilinishicha, muammo nafaqat tibbiyot shtabida. Futbolchilarga yaqin ayrim manbalarning aytishicha, jamoa a’zolarida fitnes bilan bog‘liq muammolar ham bor.
«Barselona» avvalroq Fatining boldir suyagi jarohatlanganini tasdiqlagan edi.