Futbol

Ertaga 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionatiga start beriladi.

160



Ertaga 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.

Ana xolos! Superliga uchun kurashayotgan “Nurafshon” 1-ligaga tushib ketishi mumkin

Teglar : 
“Nurafshon”
Ertaga 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionatiga start beriladi.

Mazkur musobaqada 20 ta jamoa ishtirok etishi kerak. Biroq, tashkilotchilarning rejalarida o’zgarish yuzaga keladigan ko’rinadi. 

Buxoroning "Nurafshon" klubi bugun O’zPFLga xat yuborib, U-16 jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etmasligini bildirgan. Championat.asia'ga malum bo’lishicha, buxoroliklar bunga mavjud moliyaviy muammolarni ro’kach qilib ko’rsatmoqda.

Bir qarashda o’zbek futbolidagi odatiy va oddiy muammodek ko’rinyapti. Lekin, bu qaror Buxoro viloyati bosh jamoasining taqdiriga jiddiy tasir qilishi mumkin.

"Nurafshon" ayni paytda Superliga pley-off bosqichiga yo’llanma olish uchun "Olimpik" bilan kurashyapti. Gap shundaki, buxoroliklar bu yo’lda muvaffaqiyat qozonsa ham, U-16 jamoasi respublika birinchiligida qatnashmagan taqdirda O’zbekiston chempionatining yuqori divizionida ishtirok etish huquqidan mahrum bo’lishi mumkin. 

Ertaga 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.

CHunki "Nurafshon" bu orqali "Klublarni licenziyalash reglamenti"ning "A" toifadagi mezonini buzib qo’yadi.

13-bob

"Yoshlar jamoalari" mezonining "d" bandi:

"10 yoshdan kichik toifadagi jamoadan tashqari qolgan barcha yoshlar jamoalari O’zPFL tomonidan o’tkaziladigan milliy miqyosdagi rasmiy musobaqalarda ishtirok etishi shart".

Malumot uchun, ushbu mezon majburiy gradataciya etib belgilangan. Bu talabni bajarmagan klublarga O’zPFL yoki OFKning klublar miqyosidagi musobaqalariga qatnashish uchun Licenziya berilmaydi. Bunday holatda "Nurafshon" Superligada ishtirok etolmasligi aniq yoki Birinchi ligaga tushirib yuborilishi mumkin.

Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O’zPFLning Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo’limi bilan bog’landik. 

"Kelasi yilda licenziya oladigan klublarimiz soni keskin ko’payadi. Ular orasida "Nurafshon" ham asosiy davogarlardan biri. CHunki klub o’z oldidagi talablarni birin-ketin bajarib kelmoqda. Biroq, ertaga start oladigan turnirda ishtirok taminlanmasa, bu masala qiyinlashib ketadi. Hattoki, unga nisbatan sanksiya qo’llanib, Birinchi ligaga tushirib yuborilish ehtimoli ham bor", dedi tashkilot masuli.

Takidlash lozimki, "Nurafshon"dagi moliyaviy muammolar masalasi kecha yoki bugun paydo bo’lib qolgani yo’q. Sentyabr oyida jamoaning bazi xodimlari ish tashlash darajasiga etib borgan edi. Avvalroq saytimizga intervyu bergan Usmon Toshev esa jamoa tizimida barcha narsa izidan chiqib ketgani, klubdan faqat nom qolgani haqida gapirgandi.

Ertaga 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.

Umid qilamizki, "Nurafshon" rahbariyati 11 noyabrga qadar bu muammoni hal qiladi va barchasi klub uchun yaxshilik bilan tugaydi. Aks holda, Superliga uchun harakat qilgani foydasiz.

Maqola: Samarqanddagi chempionat "qog’ozda" o’tkazildimi?

Ertaga 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish