Bosh sahifaBoks/MMAO’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Israel Adesanya o’zining azaliy raqibi Aleks Pereyraning UFC’dagi omadli debyuti haqida gapirdi.
“Bizga divizionda yangi jangchilar kerak. SHu sabab ham, Pereyraga yaxshi jang qilganini aytmoqchiman. Bilaman, u mening ustimdan g’alaba qozongan, bu uning karerasidagi eng yaxshi natija. Pereyra kelajakda g’alabalar qayd etib, reytingda ko’tariladi deb o’ylayman. Keyingi to’rtta jangda u bilan yana oktagonda uchrashamiz.
Men uchragan nokautni hammangiz ko’rgansiz, ammo ungacha nima bo’lganini bilmasangiz kerak. O’sha payt Pereyraga jiddiy zarar etkazgandim, faqat qo’lning o’zida. Men yosh edim shu sabab ham nimalarnidir isbotlashga uringandim. Hozir hammasi boshqacha, men butunlay boshqa insonman”, – deydi Israel Adesanya.
Eslatib o’tamiz, Aleks Pereyra UFC’dagi ilk jangida Andreas Mixaylidisni ikkinchi raundda nokautga uchratishga erishdi.