«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ni boshqaradi.
Kuman allaqachon hujumchi Krishtianu Ronalduga umid qilmayotgani va portugaliyaliklar qishda o‘ziga yangi klub topishi kerakligi haqida ogohlantirgan.
«Manchester Yunayted» joriy mavsumda Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida 17 ochko to‘plagan va Premer-ligada 6-o‘rinda bormoqda.