Futbol

Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

479



Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

Srechko Katanecni o’ylantirayotgan muammo nima?

Teglar : 
O’zbekiston MTJSrechko Katanec
Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

Agarda vaziyatga xolisona va tahliliy yondashish bilan o’z mulohazalarini bildirishni yuqoridagi gapga bog’laydigan bo’lsak, terma jamoani murabbiy emas shu kungacha jurnalistlar boshqarishi kerak edi. SHahboz Beg’amov Samvel Babayan va Ektor Kuper, Faxriddin Ro’ziev esa Vadim Abramov boshqargan davrlardagi muammolarni tahliliy tarzda ommaga etkaza bilgan. Bo’lsa, shular bosh murabbiy bo’lardi. Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamizda ham bugungi kunda ayrim muammolar yo’q emas. Bu murabbiyni ham o’ylantirayotgani turgan gap. To’g’ri vaqt kerak, hali oldinda yig’inlar ko’p, optimal tarkib shakllantirishga ulguradi. Lekin o’tib borayotgan vaqt Katanecning ham zarariga ishlamoqda. Nima uchun? Aql o’rgatish niyatidan yiroqlashgan holda quyida shu haqida batafsil. 

1. Mudofaa chizig’idagi muammolar

Himoya chizig’idagi barcha bilib turgan kamchiliklar Abramovning Katanecga qoldirgan merosi hisoblanadi. Ayniqsa markaziy himoyada barqaror o’ynaydigan va etakchilikni qo’liga oladigan futbolchi ayni damda yo’q. Katanec kelganidan so’ng bu chiziqda turli tandemlarni sinab ko’rmoqda. SHveciya bilan Abdulla Abdullaev – Doston Tursunov, Malayziyaga qarshi Rustam Ashurmatov – Husniddin Aliqulov, Iordaniya bilan Doston Tursunov – Islom Qobilov juftliklari ilk daqiqalardan harakat qildi. Ortda qolgan uchta bahsda termamiz 6ta to’p olib chiqdi. Gollarning aksariyati markaziy himoyachilarning xatosidan keyin darvozamizdan joy oldi. 

Gruziya bilan o’yinga taklif qilingan Rustam Ashurmatov o’rniga  kutilmagan nomzod Marlen CHobanov chaqirildi (Fakt: Superligada so’nggi 4ta turda 2tasida boshlang’ich, 1tasida zaxiradan, "Paxtakor" 7ta gol o’tkazib yuborgan). Agarda jarohati bo’lmaganida balki Husniddin Aliqulov ham ularning qatoridan joy olgan bo’lardi. Jarohat olgan Doston Tursunov o’rniga esa Abbos Otaxonov jalb qilindi. SHu o’rinda Otaxonov qaysi kriteriyalarga ko’ra chaqirilgani men uchun tushunarsiz. (Fakt: AGMK so’nggi 4ta uchrashuvda 5ta to’p olib chiqqan, Abbos Otaxonov 3ta bahsda boshlang’ich tarkibda, 1ta o’yinda zaxiradan tushgan). Gruziya bilan o’yinda markaziy himoyada kim o’ynaydi? Menimcha bu savol Katanecni ham o’ylantirmoqda. Taxmin: Islom Qobilov – Abdulla Abdullaev. Ularga zaxira varianti Marlen CHobanov va Abbos Otaxonov. 

Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

2. Jarohatlar va yo’qotishlar

Ha, kutilmagan jarohatlar Katanecning rejalariga tasir o’tkazgani kundek ravshan. Dastlab yig’inga chaqirilgan SHahboz Umarov koronavirusga chalinganligi uchun ro’yxatdan tushib qoldi. Uning o’rniga "Qizilqum"dan Islom Kenjaboev mashg’ulotlarga kelib qo’shildi. Yig’inning ilk kunlaridan boshlab ishtirok eta boshlagan Doston Tursunov eski jarohati bezovta qilgani bois AGMKdan Abbos Otaxonov taklif etildi. Bu hali hammasi emas. Ikki safardan beri Srechko Katanec sinovdan o’tkazib olgisi kelayotgan Jasur Yaxshiboev nihoyat terma jamoaga keldi, deganimizda unda ham jarohat pand berdi. Malumotga ko’ra u terma jamoa ixtiyoriga eski jarohati bilan kelgan va o’zini noqulay his qilgan. Hujum chizig’ida tanlov imkoniyati keng ekanligini hisobga olsak, Yaxshiboevni o’rniga hech kimni chorlov olmagani tabiiy holat. Toshkentdagi yig’inning so’nggi kunida Xojiakbar Alijonov ham jarohat sabab Gruziya safariga otlanmadi. Uning o’rniga muqobil variant sifatida SHuhrat Muhammadiev yoki Dilshodbek Ahmadalievni chaqirilishi kutilgandi. Gruziya bilan bahsda bu chiziqda Davronbek Hoshimov boshlang’ich tarkibda maydonga chiqadi. Boshqa yo’li ham qolmagan. SHuningdek Farruh Sayfiev va Ibrohimhalil Yo’ldoshev o’rin almashgan holda to’p tepishlari ham mumkin. 

Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

3. Tajribalarni sinovdan o’tkazib olishning ayni payti

O’rtoqlik uchrashuvi murabbiy uchunligini takidlab kelaman. Unda murabbiy kerakli taktikalarni, o’zining o’ylab qo’ygan rejalarini ko’rib oladi. Aralash tarkibni ham tushirishi mumkin. Katanec uchun hozir shularni sinovdan o’tkazib olishi uchun ayni muddao. Eng asosiysi rasmiy o’yinlarga optimal va aniq shakllangan o’yin bilan etib kelsin. SHaxsan o’zim hattoki, Abramov paytda ham o’rtoqlik o’yinlaridagi natijalarni, ko’rsatgan o’yinni tanqid ostiga olmaganman. Sloveniyalik mutaxassis o’z tajribalarini rasmiy emas, o’rtoqlik o’yinlarida qo’llagani yaxshi. 

Muammo haqida gap ochar ekanmiz, yana murabbiyning ishiga aralashmoqda, deyishadi. Aslida unday emas.

Abdulaziz Iskandarov

Fikr bildirish