Futbol

Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag’lub etdi va mundialga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

532



Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag'lub etdi va mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

“So’g’diyona” darvozaboni Milan Mitrovich: “Serbiya futbolchilari chin yurakdan xalqimiz va mamlakatimiz uchun o’ynashdi”

Teglar : 
Milan Mitrovich JCH-2022 saralashiSerbiya
Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag’lub etdi va mundialga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Ushbu bahsdan keyin "So’g’diyona"da o’ynayotgan serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich bilan suhbatlashdik.

– O’yindan oldin qanday fikrlar bor edi? Serbiyani safarda, yana kimsan Portugaliyaga qarshi faqat g’alaba qoniqtirardi…

– Barcha Portugaliyaga qarshi og’ir o’yin bo’lishini bilardi. To’g’ri Portugaliya Jahon chempionatiga chiqishi uchun durang ham kifoya qilardi, bizga esa faqat g’alaba zarur edi. O’yinni tomosha qildim va g’alabaga loyiq edik deya olaman. Serbiya Qatardagi Jahon chempionatiga chiqishga haqli edi va buni uddaladi.

– Nimaning evaziga Serbiya mundialga chiqdi deb o’ylaysiz?

– Biz serblarning mentalitet shunday: qachondir, nimadir kerak bo’lsa buning uchun maksimum ish amalga oshiriladi, biz shunday millatmiz! Bizning terma jamoamiz kuchli, barcha futbolchilar katta klublarda o’ynashadi. Bazilari bilan yoshlar terma jamoalarida birga o’ynaganman. Bosh murabbiy yigitlarni ajoyib tarzda ruhlantira oldi va ular yurakdan xalqimiz, mamlakatimiz uchun o’ynashdi. Yaratgan esa futbolchilarni buning uchun taqdirladi – Serbiya Qatardagi mundialga boradi!

– Yoshlardan kim Jahon chempionatida o’zini ko’rsatishi mumkin deb o’ylaysiz?

– Terma jamoada ko’plab yosh futbolchilar bor. Ammo menimcha Jahon chempionatida "Fiorentina"da o’ynayotgan Dushan Vlaxovich o’zini ko’proq namoyon etsa kerak. 2000 yilda tug’ilgan Dushan yosh va qobiliyatli futbolchi, o’ylashimcha barchasi hali oldinda.

Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag'lub etdi va mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


– Kechagi tarkibda siz bilan birga o’ynagan futbolchilar bormidi?

– Men himoyachi Stefan Mitrovich birga o’ynaganman, yana bir himoyachi Filip Mladenovichga bir necha bor raqib bo’lganman. Birgalikda yoshlar toifasidagi terma jamoada o’ynaganmiz. Qolgan futbolchilar esa mendan yosh va ular bilan o’ynash nasib qilmagan.

– Darvozabon sifatida Serbiya terma jamoasi posbonlari haqida qanday fikrdasiz?

– Terma jamoada ajoyib darvozabonlar bor Marko Dmitrovich va Predrag Raykovich o’z vazifasini alo darajada bajrishdi. Raykovich yosh bo’lishiga qaramay yaxshi o’ynamoqda. U 2015 yil U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan va chempion bo’lgandi. Kecha u milliy terma jamoa bilan kattalar o’rtasidagi Jahon chempionatiga chiqdi. Uni tabriklayman va keyingi yilda ham omad tilayman!

– Qatardagi Jahon chempionatida Serbiyadan nima kutsak bo’ladi?
– Guruhdan chiqishimizga ishonchim komil, uyog’ini esa bilmayman. Serbiya finalga chiqishi uchun muxlislik qilaman!

Kecha Serbiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida sensacion tarzda Portugaliyani mag'lub etdi va mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

 

Narzulla suhbatlashdi

Fikr bildirish