Novak Jokovich joylashgan “Qizil guruh”da ishtirok etayotgan rossiyalik tennischi Andrey Rublyov ilk uchrashuvini o’tkazdi. Dunyoning beshinchi raketkasi bo’lib turgan Rublyov reytingda o’zidan bir pog’ona yuqorida turgan greciyalik Stefanos Cicipasni ikki setda ham bir xil hisobda mag’lubiyatga uchratdi – 6/4, 6/4.
To’qson ikki daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Andrey 2 ta breyk, 9 ta eys, 23 yashar Stefanos esa 12 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob tenglashdi – 5:5.
SHu tariqa, bu guruhda Rublyov va Novak Jokovich bittadan g’alabaga erishishdi. Kasper Ruud va Stefanos Cicipas hisobida bittadan mag’lubiyat bor.