Futbol

Mavsum yakunida autsayderlar tipirchilab qoldi.

153



Mavsum yakunida autsayderlar tipirchilab qoldi.

Futbolni o’ldirmanglar!

Teglar : 
SuperligaPro liga
Mavsum yakunida autsayderlar tipirchilab qoldi.

Futbol jamoatchiligi orasida Superliga ishtirokchilari soni 16 taga chiqarilishi to’g’risidagi gap-so’zlar tarqalganiga ancha bo’ldi. SHundan ilhomlangan bo’lsa kerak, bugun Xayrulla Xoliqovning mavzuga oid maqolasi elon qilindi.

PFLga taklif: 16ta jamoalik Superliga va birlashgan PRO liga

Muallif jamoalar bilan mutanosib ravishda o’yinlar sonining ko’payishi natijasida Superligamiz rivojlanib ketadi, degandek fikr yuritgan. Ammo masalaning salbiy jihatlariga etibor qaratilmagan. Quyida shu haqda.

1. Reglament — 1 parcha qog’oz?

O’FF (hozirgi O’FA)da Umid Ahmadjonov davri boshlanib, O’zPFL boshiga Omon G’ofurov kelganida futbol o’ziga xos inqilobni boshdan o’tkazgan. O’shanda rahbarlarning reglamentga zid qarori OAVda katta rezonans paydo qilgan edi. 4 yildan keyin yana "futbol konstituciyasiga" teskari g’oya matbuot yuzini ko’rdi. Bir necha haftadan beri shunday fikrlarni eshitib yurgan bo’lsak-da, taklifning hamkasblarimiz orasidan chiqqani taajjublanarli bo’ldi. O’z navbatida futbol jamoatchiligi orasida reglamentga "1 parcha qog’oz" sifatida qarayotganlar ko’payib qolgani, ularning safiga tajribali jurnalistlar qo’shilib borayotgani achinarli holat.

Biz esa futbol rahbariyatidan (ayni paytda elitada qolish uchun kurashayotganlarning) turli provakaciyalarga uchmaslik, har qaysi holatda ham reglamentni hurmat qilish va boshqalarning bo’ysunishini taminlashni so’rab qolamiz. Zero, berilayotgan takliflar puxta o’ylangan bo’lsa, reglamentni chetlab o’tish emas, unga amal qilgan holda tuzatish kiritib, 2023 yildan amalga tadbiq qilish so’ralar edi.

2. O’yinlar soni ko’paysa, baxtli bo’lamizmi?

Bu savolga Xayrulla aka "ha!" deb javob bersalar, 2017 yilning 2 noyabrida bunga mutlaq teskari fikrlar aynan u kishining manzillaridan chiqqanini eslatib o’tamiz.

"Keyingi mavsumda ham 16ta jamoani qoldiradigan bo’lsak, hozirgi karam-sho’rvani majburan yana bir yil ichib yurishimizga to’g’ri keladi. Bizga esa qiziqarli, har turda kurash bo’ladigan chempionat kerak. Bo’ladigan ishni birdaniga qilgan maqul. Agar sport tamoyili-yu, reglament degan havoyi gaplarni eshitib o’tirsak, bekorga yana bir yilni yo’qotganimiz qoladi. Undan ko’ra, 12ta jamoalik qiziq chempionatga darhol o’tib qo’ygan maqul. Oliy ligada kim talabga javob bersa o’shalar o’ynasin", — deyiladi "Masalaning ikkinchi tomoni (Mulohaza)" sarlavhali maqolada.

3. Aks tasir

Jamoalar sonining 16 taga etkazilishi Superligani rivojlantirib yubormasligini tarixdan bilamiz. Lekin Pro ligani kuchsizlantirishi aniq. Yani bu qaror Superligani 2 ta kuchli ishtirokchi bilan boyitish ehtimoli qanchalik past bo’lsa, Pro ligani 2 kuchli jamoadan ayrishi shunchalik haqiqat. CHunki bunday holatda elita yo’llanmasi uchun 4 emas, 2 klub kurashadigan bo’lib qoladi.

Xulosa

Superliga ishtirokchilari sonini 16 taga chiqarish uchun bu ligada o’ynashni istaydigan jamoalar soni minimum 20 ta bo’lishi kerak (shunda Pro ligada 4 klub yuqori divizion yo’llanmasi uchun kurashadi). Ayni paytda esa 17-18 ta o’zbek klubida shunday istak bor. Ularning soni ko’paymay turib, 16 tasini elitaga qabul qilgan kunimiz, futbol o’ladi. 

P.s. Yuqoridagi g’oyani futbol ichidagi qo’rqoqlar o’ylab topdi, targ’ib qilyapti. Mabodo shu quyonyuraklarning maqsadi amalga oshsa, o’zi o’ynab, o’zi tomosha qilishda davom etsin!

MAQOLA: Klublarimiz legionerlarga jarima to’lashda davom etadi. Navbat "Nurafshon"ga! 

Mavsum yakunida autsayderlar tipirchilab qoldi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish