Dunyoning ikkinchi raketkasi bo’lib turgan Daniil Medvedev muddatidan avval yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Rossiyalik tennischi ikkinchi uchrashuvida reytingda o’zidan bir pog’onada pastda turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni 6/3, 6/7(3), 7/6(6) hisoblarida mag’lub etdi.
Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Medvedev 14 ta, 24 yashar Zverev esa 18 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 5:5.