Futbol

“Liverpul” Salohni sotishga tayyor

175

Muhammad Saloh va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi yangi bitim borasidagi ishlar ancha to‘xtab qolgan ko‘rinadi. Sababi, tomonlar hamon kelishuvga erisha olmadi. Yagona to‘siq esa – misrlikning maoshi. 

Shunday qilib, mersisaydliklar allaqachon o‘z futbolchisini sotish haqida o‘ylamoqda. Sobiq futbolchi Glen Jonsonning “Liverpool Echo,” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, britaniyaliklar agar haqiqatdan ham foydali bo‘lsa, potensial xaridorlarning takliflarini yaqin 12 oy ichida ko‘rib chiqadilar.

Eslatib o‘tamiz, Salohning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Turli mish-mishlarga ko‘ra, unga Ispaniya grandlari, “Real” va “Barselona” qiziqish bildirmoqda.

Fikr bildirish