Bor yo’g’i 49 daqiqa davom etgan final uchrashuvida ATP reytingida 111-pog’onadan joy olib turgan argentinalik tennischi Sebastyan Baes dunyoning 94-raketkasi bo’lib turgan braziliyalik Tyago Monteyroni 6/1, 6/4 hisobida mag’lub etdi.
Sebastyan 2 ta eys va 3 ta breykni amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko’rinishiga keldi. Braziliyadagi muvaffaqiyatli ishtirok argentinalik tennischiga 7,200 dollar mukofot puli hamda 80 reyting ochkosini keltirdi.