Boks/MMA

Bugun bokschimiz Murodjon Ahmadaliev O’zbekistonga qaytib keldi.

151

U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida u qisqa intervyu berib o’tdi. 

“Navbatdagi jangim kamarlarni birlashtirish maqomida bo’ladi. Bir necha kundan so’ng, aniqrog’i 27 noyabr kuni Stiven Fulton va Brendon Figeroa o’rtasida jang o’tkaziladi. Ushbu to’qnashuv g’olibi ikkita kamarni qo’lga kiritadi. G’olib bokschi bilan men jang o’tkazaman”, – dedi Ahmadaliev. 

Olamsport.com malumoti: Ayni paytda Ahmadalievning vaznida WBC kamari Brendon Figeroa, WBO kamari esa Stiven Fultonga tegishli. Har ikki bokschi 28 noyabr tongida o’zaro jang o’tkazadi. G’olib bokschi ikki kamarga ega bo’ladi. Mazkur jang g’olibi katta ehtimol bilan Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga ko’tariladi. Ushbu jangda g’alaba qozongan bokschi ikkinchi engil vazn toifasining mutlaq chempioniga aylanadi. 

Fikr bildirish