Bosh sahifaBoks/MMAUFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov o’zining MPL (Muradov Professional League) ligasidagi ikkinchi MMA oqshomini o’tkazadi.
5 dekabr kuni Andijon shahrida tashkil etiladigan PFL turnirida jami 14 ta juftlik oktagonga ko’tariladi. Oqshomning asosiy kardida 5 ta, prelium kardda esa 9 ta jang o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy jangi kutilganidek, hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov ishtirokida bo’lib o’tadi. 22 oktyabr kuni Toshkentda o’tgan ilk PFL turnirida ham Mirzamatovning jangi oqshomning markaziy to’qnashuvi bo’lgan edi.
SHohasan 5 dekabr kuni argentinalik tajribali MMA jangchisi Roberto Pasuchga qarshi oktagonga ko’tariladi. Pasush faoliyati davomida yarimo’rta vazn (77.11 kg) toifasida 8 g’alaba va 5 mag’lubiyat qayd etgan. So’nggi jangini 2019 yilning 5 oktyabr kuni Mik Mokoyokoga qarshi o’tkazib, raqibini birinchi raunddayoq mag’lubiyatga uchratgan edi.