Futbol

Xoland uchun ikki da’vogar klub nomi ma’lum bo‘ldi

131

Dortmundning “Borussiya” klubining norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etish ehtimoli 90 foizga teng, deya xabar berdi “Sky Sports Deutschlabd” jurnalisti Maks Bilefeld Twitter sahifasida.

Manba bergan xabarga ko‘ra, forvard uchun kurashda favorit sifatida “Manchester Siti” va “PSJ” jamoalari ko‘rilmoqda. Kelasi yozda norvegiyalikning shartnomasidagi tovon puli 75 million yevroni tashkil qiladi. Shu bilan birga, Xolandning agenti Mino Rayola o‘zi uchun bonus, shuningdek, Erling uchun yiliga 50 million evro maosh talab qilmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli Erling “Borussiya” safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikr bildirish