Yevropaning top-klublari Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni 75 million yevroga sotib olish imkoniyatidan foydalanish uchun yozni kutayotgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted”ning rejalari butunlay boshqacha.
“Sport.es” nashrining xabar berishicha, mankunianliklar norvegiyalikni yanvarda sotib olishga tayyor. Manbaga ko‘ra, forvard “qizil iblislar”ga 210 million yevroga tushadi.
Muzokaralar chog‘ida MYU 118 million yevrogacha bo‘lgan to‘lovni amalga oshirishga tayyor. Bularning barchasiga futbolchining agentiga 40 million, Xolandning otasiga yana 20 million, Erlingning maoshi esa 25-30 million yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.