Futbol

100 million funt. Rangnik “Manchester Yunayted”ga kimni olib keladi

295

Matbuot xabarlariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar uchun Ralf Rangnikga 100 million funt ajratishga tayyor. “Stadion.uz” nashri nemis mutaxassisi “Old Trafford”ga kimlarni olib kelishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Ralf Rangnik yil oxirigacha “Manchester Yunayted”ni boshqaradi, yozda esa u klub maslahatchisiga aylanishi kerak. Nemis mutaxassisi klubni qayta qurish bilan shug‘ullanishi talab etiladi. Keyingi transfer oynasidayoq Rangnik jamoani yangilashni boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, nemis yangi o‘yinchilarni xarid qilish uchun 100 million funt oladi. Miqdor juda katta, ammo zamonaviy futbolda uni qandaydir ajoyib deb atash mumkin emas. Misol uchun, Erling Xolandni sotib olish dargumon, biroq “qizil iblislar” rahbarlari norvegiyalikni jamoasida ko‘rishni xohlashmoqda.

100 million funt. Rangnik “Manchester Yunayted”ga kimni olib keladi  

Qizig‘i shundaki, endi asosiy mish-mishlar qatorida “Leypsig”ning bir qancha o‘yinchilarining nomi ham eshitilmoqda. Gap o‘ng qanot himoyachisi Nordi Mukiyele, himoyachi Amadu Aydara va hujumkor yarimhimoyachi Kristofer Nkunku haqida ketmoqda. Shuningdek, Edinson Kavanini “Barselona” futbolchilaridan biriga almashishi mumkinligi haqida ham xabar berilgandi. Urugvaylik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tmoqchi va uning o‘rniga “Old Trafford”ga Filippe Koutinyoni olib kelinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. To‘g‘ri, bunga ishonish qiyin.

“Manchester Yunayted”da hozirda kuchli hujumkor o‘yinchilar bor. Rangnik ta’kidlagan faol futbol va faol bosim uchun ham hujum chizig‘ida hammasi joyidadek tuyuladi. Reshford, Grinvud, Brunu Fernandesh, Sancho bunday nomga mos keladi. Ronaldu bilan nima qilish kerakligi unchalik aniq emas, lekin umuman olganda, hujum chizig‘i ancha to‘liqdek ko‘rinadi.

 100 million funt. Rangnik “Manchester Yunayted”ga kimni olib keladi

“Manchester Yunayted”ga hozirda yaxshi yarimhimoyachi yetishmayapti. OAVda Aydaraning nomzodi paydo bo‘ldi. Keyinchalik, Rossiya matbuoti Dmitriy Barinovga qiziqishlari haqida ham yozishgan. Agar, u haqiqatdan ham Rangnik ro‘yxatida bo‘lsa, ko‘pchilik rossiyalik  muxlislar yarimhimoyachini “Old Trafford” egalari safiga o‘tishini xohlaydi. Biroq, Barinovdan Aydara nomzodi afzalroq variantligi aniq. “Leypsig” rahbariyati ham o‘z futbolchilarini sotishga rozi ekanligini bildirishdi.

 

Albatta, Rangnikning ro‘yxatida yana bir qancha ijrochilar bor.

Rangnikning potensial xaridlar ro‘yxatidagi Mukiyele nomi “Manchester Yunayted” himoya pozisiyasini mustahkamlay oladigan yana bir qiziq variant. Van-Bissaka yaxshi futbolchi, ammo uning rivojlanishida inqiroz yuzaga kelgan. O‘ng qanot himoyachisi o‘z ustida ishlashni to‘xtatdi va “Manchester Yunayted”dagi bu zona yuqori darajadagi futbolchiga muhtoj.

Shu bilan birga, hozirda kuchli o‘ng qanot himoyachisini topish juda qiyin. So‘nggi yillarda kuchli ijrochilar unchalik ko‘p chiqmayapti. Mukiyele haqiqatan ham hozir eng mos variantlardan biri ko‘rinadi. To‘g‘ri, hali Van-Bissakadan voz kechishga erta. Himoyachining imkoniyatlari bor va u Sulsher bilan birga ishlagani uchun rivojlanishda to‘xtab qolgan bo‘lishi mumkin.

 100 million funt. Rangnik “Manchester Yunayted”ga kimni olib keladi

“Manchester Yunayted” markaziy hujumchi pozisiyasini mustahkamlamoqchi. Ronaldu ham Kavani kabi faol bosimli futbolga mos kelmaydi. Ikkalasi ham tezlikni ushlab turolmaydi. Shunga qaramay, MYU hozir biror futbolchini sotib olishi dargumon. Klubning maqsadi Xoland, ammo uni qishda sotib olib bo‘lmaydi. Sababi, agar hozir Erlingni sotib olishga harakat boshlasa, unda mankunianliklar katta summa sarflashga majbur bo‘ladi.

 

Rangnikdan qishda qandaydir katta transfer mavsumini kutishning hojati yo‘q. Biroq, nemis bir nechta muhim transferlarni amalga oshirishga qodirligi aniq.

Fikr bildirish